Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi
Olam
−
09 Oktabr 2875 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan bugun, 9 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari 9-10 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tadbirlar kun tartibidan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 oktyabr kuni Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgani haqida xabar berilgan edi. Putinning safari uch kun – 8 dan 10 oktyabrgacha davom etadi. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, safar uch qismdan iborat: davlat tashrifi, “Rossiya – Markaziy Osiyo” sammiti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) sammiti.
Live
Barchasi