Mirziyoyev Tojikistonga safari doirasida Xo‘jandga ham borishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-14 iyun kunlari Tojikistonga safar qilishi haqida xabar berilgandi. Prezident tashrif payti Xo‘jand shahriga ham borishi kutilmoqda. Bu haqda “Aziya-Plyus” o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon sheriklik qiladi.

Qayd etilishicha, muzokaralar yakunlanib, Dushanbeda 30 dan ortiq hukumatlararo bitimlar imzolanganidan so‘ng, ikki mamlakat rahbarlari So‘g‘dning ma’muriy markaziga borishi kutilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev So‘g‘dning savdo-iqtisodiy salohiyati bilan tanishmoqchi. U bir qator sanoat korxonalari va madaniy-tarixiy joylarni ham ziyorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14-15 may kunlari Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing