Mirziyoyev Tojikiston xalqiga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
08 Sentabr 6566 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni va mamlakat xalqini Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Hurmatli Imomali Sharifovich! Tojikistonning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan sizga va birodar tojik xalqiga chin qalbimdan eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman. Tojikiston mustaqillikka erishgach, sizning dono rahbarligingiz ostida mamlakatda tub siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, katta bunyodkorlik ishlari olib borildi va hayotning barcha sohalarida yuksak natijalarga erishildi”, deyiladi Mirziyoyev tabrigida.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti birodar xalq sifatida Imomali Rahmonning Tojikistonning jadal taraqqiyotidan, uning jahon miqyosidagi yorqin yutuqlaridan hamda tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzidan cheksiz xursand ekanini qayd etgan. Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari bundan keyin ham mustahkamlanishi, an’anaviy qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanishiga ishonch bildirgan.
“Fursatdan foydalanib, sizga, hurmatli Imomali Sharifovich, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangi zafarlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilayman”, deydi Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, ertaga, 9 sentyabr kuni Tojikistonning milliy bayrami – Mustaqillik kuni hisoblanadi. Mirziyoyevdan tashqari Rahmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, AQSH Prezidenti Donald Tramp, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Sadir Japarov va boshqalar ham tabriklagan.
Live
Barchasi