Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qabul jarayonida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilib, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Suhbat avvalida Bosh vazir Qohir Rasulzoda O‘zbekiston rahbariga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortmoqda, muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘paymoqda hamda yaqin hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yilib, madaniy-gumanitar almashinuvlar faol amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda tovar ayirboshlashni oshirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish, energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, konchilik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu ma’noda, bugun Toshkent shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bosh vazir Qohir Rasulzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing