Mirziyoyev Toshkentda qurilayotgan yangi aeroport bilan tanishdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 28 iyun kuni Toshkent shahri hududida amalga oshirilayotgan bir qator islohotlar bilan tanishish maqsadida poytaxt bo‘ylab tashrif o‘tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi. 

Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish bo‘yicha 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlat rahbari o‘tgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi.

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar to‘xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Toshkent-Sharqiy aerodromi

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing