Mirziyoyev Rossiya Sanoat vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbariga Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qilgan.

Bildirilishicha, kecha, 4 oktyabr kuni shu yerda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tgan. Prezident Mirziyoyevga ushbu tadbir yakunlari to‘g‘risida batafsil axborot berilgan.

Shuningdek, Mirziyoyev Tataristonning yetakchi korxonalari sanoat mahsulotlari va texnologiyalari bilan tanishgan.

“Ko‘rgazma doirasida Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning oliy darajadagi uchrashuvi ertaga, 6 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi aytilgandi. Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Qozon Rustam Minnixanov Tatariston Denis Manturov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing