Mirziyoyev so‘nggi 3 yilda mobil internet narxi qanchaga arzonlashganini aytdi

Jamiyat

image

So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildi (68-o‘rindan). Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi. 

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun O‘zbekiston yoshlarining IT  sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman”, dedi davlat rahbari.

Mirziyoyevning so‘zlriga ko‘ra, dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.

“Biz ushbu bozorda mustahkam o‘rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.

Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik", deydi Prezident.

Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetgan.

Joriy yilning o‘zida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshgan.

“So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildik (68-o‘rindan). 

IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi.

Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi", deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing