Mirziyoyev Sudyalar assotsiatsiyasi raisiga unvon berdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Qurbonovich Mingboyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu unvon Ubaydulla Mingboyevga davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, O‘zbekistonda sud-huquq tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 90 yilligi munosabati bilan berilgan.

Ma’lumot uchun, Ubaydulla Mingboyev 1939 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 1968 yilda Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bosh tergovchi, 1969 yilda Ichki ishlar vazirligining Tergov boshqarmasiga bosh tergovchi etib tayinlandi. 1971 yilda Surxondaryo viloyat sudining sudь­яси, 1972 yilda esa viloyat sudi raisining o‘rinbosari bo‘ldi. 1975 yilda Ўзбекис­тон Respublikasi Oliy sudi sudyasi etib saylandi. 1978 yildan 1987 yilgacha Buxoro viloyat sudining raisi vazifasida ishlagan. 1987 yilda Ubaydulla Mingboyev yana Oliy sudga sudya bo‘lib keldi. 1990 yil mart oyida Toshkent shahar sudining raisi, 1991 yil 12 iyunda Oliy sud raisi etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ubaydulla Qurbonovich Mingboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar