Mirziyoyev Stubb bilan daraxt ekdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston – Finlyandiya sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekkan.

“Marosim O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilishning, ikki mamlakat va xalq o‘rtasidagi do‘stlik hamda o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotganining ramzi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazgani va yakunda Prezidentlar Qo‘shma bayonotni imzolagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Stubb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing