Mirziyoyev SSSR davridan qolgan loyihaga doir qaror imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi Supa yassi tog‘ida qurilayotgan Rossiya-O‘zbekiston rasadxonasi nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat qonun hujjatlari portalida e’lon qilindi.

“2021 yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 1995 yil 27 iyulda imzolangan Supa yassi tog‘ida Xalqaro radioastronomik observatoriyasini barpo etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish hamda «Supa» Xalqaro radioastronomik observatoriyasi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida bayonnoma tasdiqlansin”, deyiladi qarorda.

Hujjat bilan Fanlar akademiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnomani Rossiya tomoniga yuborish vazifasi yuklatildi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklandi.

Ma’lumot uchun, Jizzaxda oyna diametri 70 m bo‘lgan radioteleskopli rasadxona qurilishi 1981 yilning bahorida boshlangan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ish muzlatib qo‘yilgan. 1995 yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari Supa platosida xalqaro radioastronomiya rasadxonasini qurish va barpo etishni davom ettirish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1015

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing