Mirziyoyev Sirdaryoga safari so‘nggida qurilish ob’ektini ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahrida qurilayotgan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib ko‘rdi.

Bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga ko‘maklashish, yoshlarga hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi, mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.
 
Markaz “Do‘stlik” kanali bo‘yida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, so‘lim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, favvoralar barpo etilgan. O‘rindiqlar yoniga kitob jovonlari ham qo‘yilgan.

Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.

Davlat rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing