Mirziyoyev Shushadagi qadimiy masjidni ziyorat qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi. TDT ishtirokchi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. So‘ng yetakchilar 2021 yilda tamal toshi qo‘yilgan yangi zamonaviy masjid loyihasi va uni barpo etish jarayonini borib ko‘rdi.

Prezidentlar, shuningdek, XIX asrda Shushada qurilgan birinchi masjid – Gavhar Og‘a masjidini ziyorat qilib, bu yerda amalga oshirilgan restavratsiya ishlarining natijalariga baho bergan.

Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi davom etmoqda. TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib borgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Shusha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made