Mirziyoyev sharqshunos akademikka unvon berdi
Jamiyat
−
07 avgust 8204 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ne’matulla Ibrohimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.
Qayd etilishicha, u O‘zbekistonda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, sharqshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan muhim ishlanma va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, vatanning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, Ne’matulla Ibrohimov 150 dan ortiq kitoblar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. 1991-2005 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) rektori sifatida faoliyat yuritgan. 1990 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, 1996 va 1999 yillarda Imom al-Buxoriy nomidagi xalqaro mukofot sohibi, 1999 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi a’lochisi”ni olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.
Live
Barchasi