Mirziyoyev SHHT sammitida qanday takliflarni o‘rtaga tashladi?
Jamiyat
−
14 iyun 2019
6032Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 iyun kuni Bishkek shahrida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarning sammiti o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflarga o‘rtaga tashladi.
Xususan, O‘zbekiston yetakchisi SHHT hududida iqtisodiy va transport koridorlarini rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar tayyorlashni taklif qildi. Mirziyoyev agroinnovatsiyalarga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab o‘tdi, deb yozmoqda “Sputnik”.
Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi – o‘ziga xos “SHHT yashil belbog‘i”ni yaratish. Unda zamonaviy ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish va almashishni nazarda tutadi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlarni innovatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi umumiy vazifa va muammolarni muhokama qilish bo‘yicha muntazam ravishda vakolatli organlarining uchrashuvi o‘tkazilishini taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida biznes sohasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratdi.
“Biz SHHTga a’zo davlatlar ishbilarmonlar doiralari o‘rtasida har yili forumlar o‘tkazish orqali hamkorlikni kengaytirishni taklif qilamiz. Bunday sammitning birinchisini o‘zimizda, Samarqandda o‘tkazishga tayyormiz”, dedi Mirziyoyev.
O‘zbekistonning takliflari qatorida SHHT doirasida parlamentlararo muloqoti, shuningdek, madaniyat va turizm sohasida tashabbus qayd etildi. SHHT shaharlarida madaniy va tarixiy merosini ommaviylashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtirish va ular o‘rtasida har yili madaniy va turistik poytaxtini tanlab olish taklif etildi.
O‘zbekiston rahbari nutqi yakunida Vladimir Putinga Rossiyada 2020 yil 22-23 iyulda o‘tkaziladigan navbatdagi SHHT sammitini o‘tkazishda muvaffaqqiyat tiladi.
LiveBarchasi