Mirziyoyev Berdimuhamedovni tabrikladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar, jumladan, Hukumatlararo komissiya doirasidagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari va qo‘shma tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li. U 1981 yil 22 sentyabrda Ashxobod shahrida tug‘ilgan. 43 yoshga to‘lgan mamlakatning amaldagi Prezidenti 2022 yilning 14 fevral kuni hukmron Demokratik partiya tomonidan Turkmaniston prezidentligiga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzod qilib ko‘rsatilgan. Otasi yangi muddatga xizmat qilishdan bosh tortishini “yosh yetakchilarga yo‘l berish” istagi bilan izohladi. 2022 yilning 12 mart kuni Berdimuhamedov saylovda g‘alaba qozongan va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 72,97 foiz ovoz olgan. Saylovlar ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar tomonidan soxta sifatida baholandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing