Mirziyoyev Saudiya Podshohini oliy darajali orden bilan mukofotladi
Jamiyat
−
19 avgust 2022 10424 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatning yuksak mukofoti – “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Aytish joizki, ushbu orden yaqinda, O‘zbekiston Respublikasining 15 avgustdagi qonuniga muvofiq ta’sis etildi.
U bilan ilm-ma’rifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.
Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust