Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga yetib bordi
Olam
−
11 noyabr 2024 5003 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev bugun Ar-Riyod shahrida G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Tadbirda ushbu hududlardagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel