Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishni Imom Buxoriy haqida gapirishdan boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Prezident ayni vaqtda Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova xabar berdi. 

Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida barchani Ramazon oyi bilan tabriklab, nega aynan Samarqand viloyatig tashrif buyurganini ochiqladi. 

“Samarqand xalqiga Ramazoni sharif muborak bo‘lsin. Prezident nega aynan Samarqandga keldi dersiz. Biz shu ulug‘ ayyom kunlarida Samarqand uchun rejalar tuzamiz. Bu yerda ulug‘ bobomiz Imom al Buxoriy xotirasi bor. 600 ming hadisni piyoda yurib to‘plagan. Uning merosini butun musulmon dunyosiga tarannum etsak arziydi. Bobomizga munosib maqbaralar, masjidlar qurishni boshlaganmiz. Bu yerga kelgan mo‘min-musulmonlarga sharoit yaratsak, ular ham buyuk tarixli davlat ekanimizga, shu tarixni elga, ayniqsa, yoshlarga yetkazishni istayotganimizga guvoh bo‘ladi. O‘zimizga ham bu ishlarimiz insof, diyonat, shukronalik hissiyotlarini beradi”.

Eslatib o‘tamiz, Prezident kecha, 15 aprel kuni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida bo‘ldi.

Davlat rahbari 2019 yili Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish zarurligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand Imom Buxoriy

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing