Mirziyoyev Samarqanddagi 10 nafar rahbarni ishdan oldi. Ba’zilariga jinoiy ish ochiladi

Jamiyat

image

Ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi. 

Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:

•  Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
•  Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
•  Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
•  Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
•  Samarqand shahri, Samarqand  va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
•  Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
•  viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olindi.

Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing