Mirziyoyev safsataboz Lukashenkoning gaplariga javob qaytardi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022
46821O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi kengaytirilgan yig‘ilishida Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning KXSHT yig‘ilishida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
"Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz", dedi davlat rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Belarusni 28 yildan buyon boshqarib kelayotgan va namoyishlarni qurol bilan bostirgan Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan avval O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligi, bu saboqlar olinmasa, o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati O‘zbekistonga qaratilishini aytdi. Ancha keksayib qolgan Belarus rahbarining ushbu gapi O‘zbekistonda nafaqat siyosatshunoslar, balki jamoatchilik, oddiy odamlarning ham g‘ashiga tegdi.
LiveBarchasi