Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi

Jamiyat

image

Bortida Prezident Shavkat Mirziyoyev bo‘lgan samolyot, bugun 26 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ayeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovning yozishicha, Mirziyoyevni “Pulkovo” xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

“Bugun davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning noyabr oyida har ikki Prezidentning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing