Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

"Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng davlat rahbari gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing