Mirziyoyev Rossiyaga tashrifni rejalashtiryapti
Jamiyat
−
05 Sentabr 2019
5678O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrif amalga oshirishni rejalashtiryapti. O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov davlat rahbarining tashrifiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi.
“Tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayyorlash maqsadini ilgari surgan holda o‘zlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar.”, dedi Umrzoqov.
RF Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston Prezidentining tashrifi 2019 yil oxirida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi