Mirziyoyev Rossiya Ichki ishlar vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
25 iyun
9293Bugun, 25 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev yaqinda Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila a’zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi.
Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilingan. Bundan tashqari, migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi