Mirziyoyev ota-bola Berdimuhamedovlarni tabrikladi
Jamiyat
−
15 mart 2022 9490 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning yangi saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedovni tabrikladi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni muhim siyosiy tadbir - Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, Turkmanistonning saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedovni esa saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi", degan Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezident saylovi joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazildi. Mamlakat bo‘ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochildi, 41 tasi respublika tashqarisida. Hammasi bo‘lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 97,11 foizi saylovda qatnashgan.
Sardor Berdimuhamedov saylovda jami ovozlarning 72,97 foizini to‘plagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025