Mirziyoyev Ostonada Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2022
4425Bugun, 13 oktyabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zini qardoshim deya samimiy qarshilagan Toyib Erdo‘g‘an bilan keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqdi.
Muloqot chog‘ida qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va ta’lim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.
LiveBarchasi