Mirziyoyev olti davlat TIV rahbarlarini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Toshkentdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston Tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev, Pokiston Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Chjan Min I va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etgan. 

“Ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va SHHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonning birlashmaga raisligi davomida o‘tgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tadigan sammit kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing