Mirziyoyev Nukusdagi ovul aholisi bilan uchrashdi 

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesdagi uchrashuvdan so‘ng Nukus tumanidagi “Samanbay” ovul fuqarolar yig‘iniga bordi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi “Samanbay” ovul fuqarolar yig‘iniga borib, bir guruh yoshullilar va mahalla faollari bilan uchrashgan. 

“Tinchlik va hamjihatlikni qadriga yetish va asrab-avaylash, birgalikda farovon kelajagimizni barpo etish xususida suhbatlashildi”, deyiladi xabarda. 




Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so‘ng, kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing