Mirziyoyev Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

"O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda Qozog‘istonning Olmaota viloyatida tug‘ilgan. U 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made