Mirziyoyev Nazarboyev va To‘qayevni qutladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligiining 30 yilligi munosabati bilan mamlakat Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga qutlovlar yo‘llab, ularga va qardosh Qozog‘iston xalqiga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktublarda o‘tgan davr mobaynida mamlakatda barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan tizimli va keng qamrovli islohotlar natijasida bugungi kunda do‘st Qozog‘iston davlati barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishayotgani qayd etilgan.

“Asrlar davomida xalqlarimiz o‘rtasida davom etib kelayotgan o‘zaro ahillik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib borayotgani bizni ayniqsa quvontiradi”, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident joriy yil 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida kechgan ochiq va sermahsul muzokaralarni alohida qayd etdi. 

Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida imzolangan deklaratsiya, samarali muloqot mexanizmlarini yaratish tashabbuslari, qator yirik qo‘shma loyihalar bo‘yicha erishilgan muhim kelishuvlar, kelgusi yilning mamlakatimizda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi, hech shubhasiz, yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi aloqalarimizni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

Maktublar yakunida Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat va yangi zafarlar, birodar Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik, baxtu-saodat va doimiy taraqqiyot tilaklari izhor etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev O'zbekiston-Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing