Mirziyoyev Navoiyda Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Sessiyada Navoiyda oxirgi uch yil davomida 2 milliard AQSH dollarilik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani qayd etilgan. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollarlik eksportga erishilgan.

Qayd etilishicha, yaqinda ishga tushgan “Balpan-tog‘” va “Tomdi-buloq” konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Turbay konini kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyiha ishga tushirilishi kutilmoqda. Pistali konida oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Sessiyada ma’lum qilinishicha, kelasi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing