Mirziyoyev Namanganga jo‘nab ketdi 

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

Keyingi kunlari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham saylovoldi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, davlat rahbari korxonalar faoliyati, bunyodkorlik ishlari, mahallalar hayoti bilan ham tanishadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 20 sentyabrdan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlarida saylovchilar bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made