Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan 7 ta masalani sanab berdi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2021
7269Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod – amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun Namangan viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganliklar bilan uchrashuvda viloyatda birinchi navbatda quyidagi muammolar hal etilishi kerakligiga e’tibor qaratdi:
- 127 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas;
- Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chustda ichimlik suvi ta’minoti darajasi juda past, 27 ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman ta’minlamagan;
- viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qo‘shimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud;
- qishloq va suv xo‘jaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘onda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ishlatilmayapti;
- sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarida ham, hali yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar mavjud. Viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor;
- Namangan shahri (47 foiz), Chortoq (53 foiz) va Kosonsoyda (54 foiz) maktabgacha ta’lim qamrovi juda past (viloyatda 68 foiz). Ayniqsa, 58 ta mahallada bog‘cha umuman yo‘q;
- Viloyatdagi 37 ta maktab quvvatiga nisbatan 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda.
Mirziyoyev, shuningdek viloyat bo‘yicha Prezident oldida turgan ustuvor vazifaga ham to‘xtalib o‘tgan.
“Namanganning yetakchi tarmoqlarida sanoat klasterlari tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali 400 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholi daromadini kamida 2 baravarga oshirish va kambag‘allikni ham 2 baravarga qisqartirish ustuvor vazifa bo‘ladi”, Mirziyoyev.
LiveBarchasi