Mirziyoyev muftiyni taqdirladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar Mirzahamdam o‘g‘li “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqdagi farmonga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 avgust kuni imzo chekdi.

Qayd etilishicha, muftiy O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o‘g‘li 1968 yil 25 iyunda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. U 1992 yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Toshkentdagi Imom Buxoriy nomidagi Islom institutini, 2007 yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Dastlab Asaka shahridagi, keyinchalik Toshkentdagi masjidlarda imom-xatib bo‘lib faoliyat yuritgan. 2019 yil avgustida Toshkent shahrining bosh imom-xatibi etib tayinlangan. 2021 yil 19 oktyabrda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy lavozimiga saylangan. 2023 yil 22 iyunda Xoliqnazarov Xalqaro musulmon olimlari uyushmasi a’zosi bo‘lgan.

Shuningdek, “Imom Buxoriy” ordeni bilan quyidagilar taqdirlangan:

  • Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti;
  • Abdullayev Xayrulla Ibodullayevich - Xorazm viloyati bosh imom-xatibi;
  • Alimov Mirzamaxsud Xatambekovich - Andijon viloyati bosh imom-xatibi;
  • Sayfudinov Raxmatula Xabibulayevich - Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi;
  • Yunusov Abduqaxxor Rixsibayevich - Toshkent shahar bosh imom-xatibi,Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Oliy Darajali Imom Buxoriy Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing