Mirziyoyev mudofaani kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 2 yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilingan.

Qo‘shinlarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, boshqaruv organlari, birlashmalar, qo‘shilma va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan mudofaa vazirining hisoboti tinglangan. 

Yig‘ilishda milliy armiyani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk bilan ta’minlash, harbiy sanoat majmuini takomillashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

14 yanvar kuni nishonlanadigan Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini yuksak saviyada tayyorlash va o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. 

Yig‘ilish yakunida davlat rahbari tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made