Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi
Jamiyat
−
03 may 2021
8179O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida maxsus brifing o‘tkazildi. Unda Asadov Prezidentning joriy haftadagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lum qilinishicha, bu hafta Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda davlat organlari rahbarlari, hokimlarning hisobotlari eshitilishi kutilmoqda.
Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi rejalashtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.
LiveBarchasi