Mirziyoyev Koreyaga qachon borishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 dekabr 2021
4111O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16 dekabr kuni Janubiy Koreya Respublikasiga uch kunlik davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 17 dekabr kuni O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari Seulda sammit o‘tkazadi.
“Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi “kelajakka yo‘naltirilgan va o‘zaro manfaatli” hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya va O‘zbekiston kelasi yili diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaydi”, deyiladi agentlik xabarida.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan borgan va Milliy assambleyada nutq so‘zlagan.
LiveBarchasi