Mirziyoyev “klan”chilikka qarshi keskin kurash olib borish haqida gapirdi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022 25009 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 yanvar kuni mamlakat boshqaruvida “klan”chilikka barham berish haqida gapirdi.
“Har bir so‘zimiz, har bir xatti-harakatimiz jamiyatga, odamlar qalbiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor berishimiz zarur.
Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.
Prezident ko‘pni ko‘rgan, mard va olijanob, mehnatkash va bag‘rikeng O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda Yangi O‘zbekistonni – inson tinch, ozod va farovon yashaydigan, ezgu maqsadlarini emin-erkin amalga oshiradigan davlat va jamiyatni, albatta, barpo etishiga ishonch bildirgan.
“Buning uchun bizda barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy asoslar, eng muhimi, kuchli xohish-iroda va qat’iy intilish bor”, dedi davlat rahbari so‘zining yakunida.
Live
Barchasi