Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etish uchun Xitoyga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing