Mirziyoyev Xitoy kompaniyasi raisini qabul qildi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
3687Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“CAMCE” Xitoyning injiniring xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda sanoat va infratuzilma sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi korporatsiyasidir.
Bugungi kunda “CAMCE” 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida olimpiya shaharchasi qurilishida ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, O‘zbekiston hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilingan.
Shavkat Mirziyoyev qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga amaliy tashrifi doirasida V’etnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi