Mirziyoyev kelasi hafta Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda “Rossiya 1” telekanali xabar berdi.

“O‘zbekiston Prezidenti Putin bilan muzokaralar uchun Rossiyaga kelmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyevning yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari va ulardagi g‘alabasidan so‘ng, birinchi xorijiy tashrifi ekanini hisobga olsak, muhim voqeadir”, deyiladi “Moskva. Kreml. Putin” dasturida. RIA Novosti esa ushbu dasturdan iqtibos keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev saylovda g‘alaba qozongach birinchi bo‘lib Turkiyaga tashrif buyurdi. Joriy yilning 11-12 noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga qilgan safari chog‘ida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 8-sammitida qatnashdi

Ma’lumot uchun, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev 80,12 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing