Mirziyoyev Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qildi.

Suhbat avvalida Murat Nurtleu Prezident Mirziyoyevga Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Muloqot davomida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, yangi amaliy mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuksak natijalarga erishilgani, jumladan, parlamentlar, hukumatlar, hududiy ma’muriyatlar, jamoatchilik va tadbirkorlar darajasida sermahsul muloqotlar amalga oshirilayotganini qayd etgan.

Aytilishicha, hozirda Qo‘shma Hukumatlararo komissiya va ishchi guruh samarali faoliyat yuritmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi ko‘payib, ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya ko‘lami kengaymoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda.

Uchrashuvda siyosiy muloqotlarni yanada faollashtirish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi loyihalarni jadallashtirish, gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlash choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Murat Nurtleu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing