Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
02 iyul 2022
23111Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi. Flight Radar servisi Prezidentning samolyoti Nukusga yo‘l olganini ko‘rsatmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripovning samolyoti ham Nukusga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz,1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.
LiveBarchasi