Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ketdi
Jamiyat
−
20 avgust 2019
3404Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Prezident Qoraqalpog‘istonga islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida ketdi.
Safar davomida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan. Tashrif ikki kunga mo‘ljallangan.