Mirziyoyev Qirg‘izistondan Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan edi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda Mirziyoyev hamda uning rafiqasi Qirg‘izistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.

Avvalroq u Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Brifing davomida davlat rahbari Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga har doimgidek samimiy va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek,O‘zbekiston rahbari ishonch va konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar natijalarini yuksak baholab, tomonlar ko‘p qirrali hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilgani hamda uni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilganlarini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing