Mirziyoyev qayta saylangan Orban bilan gaplashib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Hukumati rahbarini “FIDES” – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklagan.

“Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini tabrikladilar. Strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya Bosh vazirining o‘tgan yili mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, muloqot davomida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Xabarga ko‘ra, suhbat har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga parlament saylovlarida qatorasiga to‘rtinchi bor g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing