Mirziyoyev Qatarning sobiq bosh vaziri bo‘lgan tadbirkor bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi. Bu haqda Preziyent matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, suhbat davomda O‘zbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan”, deyiladi Preziyent matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ekspertlar guruhini shakllantirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga yetib borgan, uni Qatar Bosh vaziri – Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi. Shu kuni Mirziyoyev Dohada mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bugun, 2 oktyabr kuni Dohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing