Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Jamiyat

image

Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Doha shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyevni Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan, ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti ertaga, 4 noyabr kuni Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi.

“Davlatimiz rahbari kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatlarning barqarorligi, ijtimoiy adolatli va inklyuzivligini oshirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda boshqa yo‘nalishlarda qator tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, sammit doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qatar Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing