Mirziyoyev Qatar Amiri bilan Samarqandni sayr qildi
Jamiyat
−
05 iyun 2023
11879Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyiga borgan. Rasadxona bilan tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu mamlakatdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olingan. Bugun O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi, allomalar merosini o‘rganish bo‘yicha markazlar tashkil etilgani ta’kidlangan.
Keyingi manzil “Afrosiyob” muzeyi bo‘lgan. Bu yerdagi uch ming yillik tarixidan hikoya qiladigan suratlardan birida Afrosiyob hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan.
Oliy martabali mehmonga Registon maydoni va undagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining qurilish tarixi, naqsh va ramzlarning mazmuni, maydonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari haqida so‘zlab berilgan. Qatar Amiri madrasalarni katta qiziqish bilan tomosha qilgan.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari Samarqandning Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga ham borgan.
LiveBarchasi