Mirziyoyev Italiya Mudofaa vazirini qabul qildi

Jamiyat

photo_2023-04-26_15-41-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

“Uchrashuv avvalida mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Italiya prezidenti Serjo Mattarella va Vazirlar kengashi raisi Jorji Melonining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi”, deyiladi xabarda.

Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanib bormoqda. Keyingi bir necha yilda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ikki barobarga oshdi. O‘zbekistonda Italiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari – Turin politexnika va Piza universitetlarining filiallari faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Suhbatda energetika, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energetika, logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozetto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing